Rossiya va Oʻzbekiston meva-sabzavot yetkazishning kafolatli tizimini rivojlantiradi

    Agrosektor 1 Iyun 2022 4344

    Rossiya va Oʻzbekiston Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazishning “shahardan rastagacha” prinsipi asosida kafolatli tizimini ishlab chiqyapti. Bu haqda Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida boʻlib oʻtayotgan koʻrgazma-yarmarkada Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov maʼlum qildi.

    Uning soʻzlariga koʻra, buning uchun respublikada chet el, shu jumladan Rossiya bozoriga moʻljallangan meva va sabzavot yetishtirish boʻyicha qoʻshma agroklasterlar yaratilyapti.

    Undan tashqari meva-sabzavot logistik markazlari tuzilyapti. Tovarni Rossiyaga yetkazish, hamda ularni Rossiya savdo tarmoqlarida tarqalishini taʼminlash maqsadida logistik zanjirlar shakllantirilyapti.

    Tadbirda Oʻzbekistondan borgan 30dan ziyod meva-sabzavot, alkogol, tekstil kompaniyalarining vakillari ishtirok etyapti.

    Rossiyadan esa davlat muassasalarining, otellar va restoranlarning vakillari ishtirok etyapti, deb xabar beradi ia-centr.ru