Bugungi kunda loyihaning umumiy ishlar koʻlamining 95 foizi bajarildi. Zavodning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, obodonlashtirish ishlari faol surʼatlarda amalga oshirilyapti.

Zavodning texnologik hududlarida quvur va uskunalarning sinovlari oʻtkazilyapti. Hozirgi kunda 500dan ziyod texnika jalb etilgan boʻlib, qurilish maydonida 9,5 ming nafardan ortiq kishi mehnat faoliyatini davom ettiryapti.

2021-yil 18-martda “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi ishtirokida “Uzbekneftegaz GTL” zavodida birinchi qozonxona qurilmasi ishga tushirildi va bugʻ ishlab chiqarilishi boshlandi.

Hosil boʻlgan bugʻ zavodning texnologik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, tez orada zavodda bugʻ turbina generatorlari ishga tushirilib, buning natijasida zavod bugʻ energiyasi tufayli oʻz elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.