UZCARD tizimida Mir kartalariga xizmat koʻrsatish toʻxtatilgani sababi maʼlum qilindi

    Moliya 23 Sentabr 2022 837

    Yagona umumrespublika protsessing markazi, UZCARD toʻlov tizimi ishtirokchisi tomonida texnik va profilaktik ishlar olib borilyapti.

    Shu sababli 2022-yil 23-sentyabr kuni soat 09:00 dan UZCARD infratuzilmasida “Mir” kartalariga hamda xorijda UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalarga xizmat koʻrsatishni vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qiladi.

    Eslatib oʻtamiz, UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida UZCARD toʻlov tizimi infratuzilmasida odatdagidek ishlashni davom etadi.