Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integrasiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi

    2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.

    Prezidentimizning 2023-yil 9-martdagi “Aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Yagona umumrespublika prosessing markazi” MCHJ Milliy banklararo to‘lov tizimi bilan birgalikda UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari bankomatlarini integrasiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunladi.

    Hozirgi paytda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: UZCARDga ulangan va HUMO bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” ATB bankomati, shuningdek, HUMOga ulangan va UZCARD kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.

    To‘lov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, shuningdek, tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar aniqlanib, bartaraf etilganidan so‘ng, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtirilmoqda.

    2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.