Muzokaralar chogʻida qishloq xoʻjaligidagi oʻzaro munosabatlarning istiqbolli sohalari, shu jumladan meva-sabzavotchilik, urugʻchilik, qishloq xoʻjaligida ilm-fan, va taʼlim yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Saxa Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekistondan Yakutiyaga meva va sabzavotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tizimli ravishda yetkazib berish toʻgʻrisidagi kelishuvni ishlab chiqish borasida bir toʻxtamga keldilar.

Rossiya tomoni oʻzbek meva-sabzavotlarini uzoq muddatli asosda import qilishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.