Buxoro viloyatidagi paxta-toʻqimachilik klasterlari asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan tashqari, qishloq xoʻjaligining boshqa tarmmoqlarini rivojlantirishga ham salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Uzumchilik klasterlar koʻmagida taraqqiy etayotgan istiqbolli yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.
Prezidentimizning 2021-yil 28-iyundagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Peshkoʻ tumanida klasterlar tomonidan 2 ming 200 gektar yerda yangi tokzorlar barpo etish boʻyicha manzilli dastur tasdiqlangan.
Shundan kelib chiqib, joylarda zamonaviy va intensiv tokzorlar bunyod etish, serhosil uzum navlarini ekish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. Xususan, paxtachilikda dong taratgan “Buxoro Agrocluster” paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan 254 gektar yerda intensiv tokzor barpo etish uchun toku koʻchatlari oʻtqazilyapti.
Gulichehra DURDIYEVA,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri