Kasallikning nomini aytishdan avval uzum xotira va diqqatni jamlashni yaxshilashi, tarkibidagi antioksidant birikmalar esa miyadagi oksidlovchi zararni minimallashtirishga yordam berishini ma'lum qilmoqchimiz.
Uzum yosh o'tgan sari miyani kognitiv qobiliyatning pasayishi va xotira yo'qolishidan himoya qiladi.
Asosan qizil rangli uzum mevalarning terisida joylashgan o'ziga xos antioksidant bo'lgan moddalar miyadagi yallig'lanishni kamaytirish orqali Al`tsgeymer kasalligining rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Uzum shuningdek, qon tomirlarini himoya qiladi hamda yurakning shikastlanishi va yallig'lanishining oldini oladi.