Vebinarning ikkinchi kuni davomida ishtirokchilarga Ispaniyadagi qonunchilikni tizimlashtirish, Polshadagi qonunchilikdan foydalanishni taʼminlash huquqi, Xorvatiyada tartibga solish taʼsirlarni baholash tartiblari va Fransiyada kodifikatsiya qilish toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Xususan, Mariya Vanessa Untiyedt Lekuona xonim taʼkidlaganidek, Ispaniyada, avvalambor, iqtisodiy sohadagi qonunchilikni tizimlashtirishga eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, Ispaniyada oʻz vakolatlari doirasida tartibga solish taʼsirni baholashni amalga oshiradigan
22 vazirlik mavjud.

Polsha Seymi administratsiyasi Qonunchilik devoni direktori oʻrinbosari janob Radoslav Radoslavskiyning soʻzlariga koʻra, tartibga solish taʼsirini baholashning yakuniy hisobotida davlat byudjeti, mehnat bozori, raqobat, hududiy rivojlanish va atrof-muhit uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud.

Xorvatiya hukumati qonunchilik idorasi rahbarining yordamchisi janob Boris Zelenika taʼkidlaganidek, tartibga soluvchi taʼsirni baholash iqtisodiyot, bozor raqobati, kichik biznes, ijtimoiy masalalar, mehnat, atrof-muhit va inson huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shuningdek, u qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirni baholashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik muhimligini taʼkidladi. Yevropa Ittifoqi, OECD, Jahon banki, BMTTD ushbu sohada malaka va ilgʻor tajriba almashish uchun barcha zarur manbalarga yega.

Janob Giyom Mönye - Fransiya Adliya vazirligi sudining raisi taʼkidlashicha, tartibga solish taʼsirni baholash bilan bir qatorda qonunchilikni kodifikatsiya qilish muhim ahamiyatga yega. Bugungi kunga qadar Fransiyada 60 dan ortiq kodekslar qabul qilingan, ularning matni www.legifrance.gouv.fr portali orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Qonunchilikni kodifikatsiyalashning asosiy maqsadi - har kim uni osonlikcha tushunishi va kundalik hayotda qoʻllay olishi uchun qonunchilik bazasini soddalashtirish.

Vebinar ishtirokchilari Yevropa mamlakatlarining tajribasi toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Maʼruzachilar tadbir mavzusi doirasida oʻz mamlakatlaridagi tajriba haqida batafsil axborot berib oʻtdilar.

Umuman olganda, tadbir Fransiya, Ispaniya, Polsha va Xorvatiyada tartibga solish taʼsirini baholash va qonunchilikni tizimlashtirishning turli jihatlari qizgʻin baxs-munozara shaklida boʻlib oʻtdi.

Vebinar yakunida Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasining hamkorlik sektori rahbari janob Fransua Bejo Adliya vazirligi bilan dolzarb huquqiy masalalar boʻyicha boshqa loyihalar, shu jumladan, Twinning loyihasi doirasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Maʼlumot uchun: Twinning - bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomomnidan davlatlar oʻrtasida hamkorlik qilish, tajriba almashish va texnik koʻmak vositasi hisoblanadi.

Izzatilla Ismoilov.
Adliya vazirligi masʼul xodimi.