Butun respublika boʻyicha ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat togʻli tumanlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Dam olish kunlari respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Tungi harorat 18-20 daraja atrofida boʻladi, kunduzi termometr ustunchasi 35-37 darajagacha, shimolda, janub va choʻl zonasida 38-40 darajagacha koʻtariladi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori.
Barcha viloyatlarda asosan havo ochiq boʻladi, faqat respublikaning togʻli hududlarida shanba kuni ob-havo biroz beqaror boʻladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.