Xususan, oʼtgan haftaning oʼzida uchta davlatda yangi epidemiyalar qayd etilgan. Shu tariqa mazkur kasallik roʼyxatga olingan davlatlar soni 22 taga yetdi. 

Vabo tarqalishi tendentsiyasi 2022-yilda boshlangan va bir yil oldingiga nisbatan 50 foiz koʼproq hududga kirib borgan. 

JSST tahliliga koʼra, kasallikning avj olishiga tabiiy ofatlar, baʼzi mintaqalarda qashshoqlik kuchayishi va harbiy toʼqnashuvlar sabab boʼlgan.

Mutaxassislar fikricha, kelgusida iqlim oʼzgarishi va global isish tufayli muammo yanada keskinlashishi mumkin. Shuningdek, dunyoning koʼplab nuqtalarida kuzatilayotgan toza ichimlik suvi tanqisligi muammo koʼlami ortishiga olib keladi. 

Oʼz navbatida, xalqaro ekspertlar vabo bilan kasallanganlar oʼrtasida oʼlim darajasi keskin ortganidan jiddiy xavotirda.