Joriy yilning 9-avgust soat 18:00 holatiga koʻra, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz saytiga ulangan tashkilotlar soni 13 310 tani, tanlov jarayonlari davom etayotgan vakansiyalar 2 687 tani tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar portal orqali eʼlon qilingan ochiq tanlovlarda 143 624 nafar nomzod qatnashgan boʻlib, ulardan 2 464 nafari davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan. Ayni paytda portalda 51 587 nafar fuqaro oʻz rezyumesini shakllantirgan.