Mazkur kinofestival` 2022-yili 1-5-yanvar` kunlari beshinchi marotaba Hindistonda o'tkaziladi. Unda turli janrlardagi fil`mlar bilan professional ijodkorlar, mutaxassis yoshlar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
“Va'da” qisqa metrajli fil`mi stsenariy muallifi Azizbek Qurbonov, postanovkachi rejissyor Otabek Yuldashev, operator Ilyos Islomov, postanovkachi rassom Sardor Mahmudov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Hilol Nasimovlardan iborat ijodiy guruh tomonidan suratga olingan.
Ma'lumot uchun, “Va'da” qisqa metrajli fil`mi 6-dekabr` kuni Turkiya Respublikasida bo'lib o'tadigan "9. International silkroad film awards" kinofestivalining dasturiga ham kiritilgan.