Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askar sogʻligi yomonlashib, shifokorlarga murojaat qilgan va shifoxonaga joylashtirildi.
Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan askar shifoxonada vafot etdi. Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra askar oʻlimiga oʻpkaning ikki tomonlama pnevmoniyasi asorati sabab boʻlgan.
Holat yuzasidan FVV qoʻshimcha maʼlumot berishicha, mazkur holat boʻyicha Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Tergov yakuni boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi.