25-29-mart kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida para velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu musobaqa yurtimizda yangi rivojlanayotgan istiqbolli sport turlaridan biri hisoblangan para velosport uchun vakillarimiz ishtirok etadigan ilk xalqaro musobaqa hisoblanadi.
Osiyo chempionatida Azimbek Abdullayev, G‘olibbek Mirzayorov, Aziz Otaxo‘jayev, Saidjabbor Dadaxonov, Bahodir Odinayev, Bunyod Xaitmuhammadov, Abror Artikov, Aziza Qosimova, Odina Hamdamova kabi velosportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Para velosportchilarimizga omad tilaymiz!