Koronavirus infeksiyasiga qarshi mahalliy vaksinani ishlab chiqqan qozogʻistonlik mutaxassislar uni oʻzlarida sinab koʻryaptilar, deb xabar beradi TASS, Qozogʻiston Taʼlim va fan vazirligi matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib. Aniqlanishicha, dori vositasi Biologik xavfsizlik muammolari Ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan ekan. Vaksinani ishlab chiqqan yetti nafar mutaxassislar, virus bilan ishlashda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻz ixtiyori bilan uni oʻz tanalarida qabul qilganlar.

Vazirlikda taʼkidlanishicha, mutaxassislar oʻzlarini yaxshi his qilyaptilar va ishlashda davom etyaptilar.

Mazkur vaksinaning klinik sinovining birinchi fazasi sentyabrda Olmaota shahrida boshlanishi kutilyapti. Unda organizmida koronavirusga qarshi antijismlar boʻlmagan 18 yoshdan 50 yoshgacha 44 nafar koʻngilli ishtirok etishi kutilyapti.

Yaqin oʻtgan kunlarda Qozogʻistonda 907 koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati aniqlangan. Bunday maʼlumotlarni COVID-19ni tarqatmaslik boʻyicha idoralararo komissiya axborotiga tayanib “Interfaks” keltiryapti.

Pandemiya boshlangan davrdan mamlakatda 97 829 koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan boʻlib, ulardan 72 mingi sogʻayib chiqqan. Kasallikdan qurbon boʻlganlar esa 1 189 kishini tashkil etadi.