Rentgent tasviri vaksina olib, keyin kasal boʻlgan bemorlarda oʻpkaning holati yaxshi holatda ekanini, aksincha vaksina olmagan bemorlarda oʻpka zarar koʻrganini tasdiqladi.

AQSHning Missuri shtatidagi Sent-Luis universiteti qoshidagi shifoxona boʻlimi boshligʻi doktor Gassan Kamelning izohlashicha, rentgent tasvirida sogʻlom oʻpkada toʻqimalar hamda suyaklar oraligʻi toʻq rangda aks etishi oʻpka kislorod bilan toʻliq taʼminlanganini, yaxshi ishlayotganidan dalolat beradi. COVID-19ga qarshi vaksina olmagan bemorlar oʻpkasining rentgent tasvirida oq rang koʻproq namoyon boʻladi. Shifokorning aytishicha, bu oʻpkada muammo borligini, kislorod yetishmovchiligini tasdiqlaydi.

Gassan Kamelning fikricha, oʻpkasida ana shunday muammosi bor bemorlarni darhol kislorod balloniga ulash choralarini koʻrish talab etiladi.