Unga koʻra, HAR HAFTA 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet oʻynaladi.
Yutuqli oʻyinlar har hafta 20:30 da ZoʻrTV kanalida efirga uzatiladi. Har oyning soʻnggi shanba kunida esa super-yutuq — “Malibu” avtomobili oʻynaladi!
Xususan, oʻtgan shanba kuni ZoʻrTV kanalida ilk gʻolib aniqlandi — Fargʻonaning Furqat tumanidan Esonaliyev Bahodirjon Xaliljon oʻgʻli “Malibu” egasiga aylandi!
Oʻz salomatligingiz uchun vaksina oling va qimmatbaho yutuqlarga ega boʻling.
Eslatma: 15-yanvardan boshlab vaksina olgan barcha fuqarolar avtomatik ravishda yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylanishadi, qoʻshimcha ravishda biror joydan roʻyxatdan oʻtish shart emas. Vaksina turining farqi yoʻq, istalganini olsa hisob. Qaysi dozaligini ham farqi yoʻq.