Yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari bolalar uchun 2021-yilning boshida boshlanishi mumkin, deb xabar berdi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya Ilmiy tadqiqot markazi direktori Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Ginsburg.
Kattalar uchun sinovning, uchinchi bosqichini tugatganimizdan keyin, yangi yilning boshida aholining 18 yoshdan kichik qismiga navbat keladi. Bu, oʻylaymanki, avgustda boshlanadi va besh oycha chamasi, yaʼni yilning oxirigacha davom etadi, deb axborot bergan olim TASSga.
Hozir koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi Rossiya vaksinasini ishlab chiqaruvchilar mamlakatning boshqa yetuk pediatrlari bilan birgalikda vaksinani bolalarda sinashga ruxsat olish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlayapti. Undan avval Ginsburg yangi vaksinani bolalarda sinashdan avval koʻngilli kattalardagi sinov yangi vositaning bexavf ekanligi koʻrsatganidan soʻngina boshlash mumkin deb tushuntirgan.
Shuningdek, Ginsburg koronavirusga qarshi yangi vaksinaning yangi koronavirusga qarshi doimiy immunitet yaratishi amri mahol ekanligini taʼkidlagan. U emlashni bir necha yil davom ettirishni taklif etgan.