Preparatlarning aniq narxi hozircha nomaʼlum. Qator kompaniyalar faqat taxminiy bahosini aytishgan.
Masalan, Pfizer farmkorporatsiyasi vaksinaning bitta davolanish kursini deyarli 40 dollar yoki bitta dozasini 19,5 dollar deya narxlamoqda.
Moderna kompaniyasi emlash kursi uchun 50-60 dollar, bitta doza uchun 25-30 dollar atrofida,
AstraZeneca kompaniyasi esa bitta doza uchun 3-4 dollar narx belgilagan.
Dunyoning bir necha yetakchi tadqiqot institutlari, laboratoriyalar va farmkompaniyalar COVID-19 ga qarshi vaksinani yaratish boʻyicha poygaga kirishib ketishdi.
Epidemiologik muhit ilmiy uyushmalarni harakat qilishga majbur qildi. Yaqin vaqt ichida ayrim dori preparatlarini ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Xususan, Gamaleya markazida (Rossiya) koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Dastlab tibbiyot xodimlari va keksa yoshdagilar emlanadi, deb xabar beradi “Yuksalish” Umummilliy harakati matbuot xizmati.