Valensiya: turar-joy binosida yuz bergan yong'in oqibatida 15 kishi bedarak yo'qoldi

    Valensiyadagi turar-joy binosidagi yong'indan keyin 15 kishi bedarak yo'qolgan bo'lishi mumkin.

    Bu haqda Ispaniya shahri meri Mariya Xose Katala jurnalistlarga ma'lum qildi.

    O't o'chiruvchilarning ma'lumotlariga ko'ra, 4 kishi hayotdan ko'z yumgan hamda 15 nafarcha odam bedarak yo'qolgan. Hodisa oqibatida 15 kishi tan jarohati olgan.

    22-fevral kuni kechqurun Valensiyadagi ko'p qavatli turar-joy binosida yong'in yuzaga kelgan. Yong'inga nima sabab bo'lgani haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.