Valensiyadagi ko'p qavatli uyda sodir bo'lgan yong'in tufayli to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    Ispaniyaning Valensiya shahridagi ko'p qavatli uydagi yong'in oqibatida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi, 20 kishi bedarak yo'qoldi, deb xabar bermoqda Levante mahalliy nashri favqulodda xizmatlarga tayanib.

    Kampanar tumanidagi 14 qavatli uydagi yong'in to'rtinchi qavatda boshlangan, biroq tarqalishda davom etgan va butun binoni qamrab olgan. Avvalroq 13 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

    Valensiya avtonom hamjamiyatining favqulodda xizmatlari rahbari o'rinbosari Xorxe Suares to'rt kishi hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.

    Binoga kirishning hozircha imkoni yo'q, u yonib ketgan va qutqaruvchilar binoning qulashi ehtimolini istisno qilishmayapti.

    Jarohatlanganlar soni 14 nafarga yetgan, deb xabar beradi ria.ru.