Nigeriya shimoli-sharqidagi Borno shtatining markazi Mayduguri shahridagi masjidda kechki ibodat vaqtida qo'lbola portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Bu haqda Vanguard gazetasi voqea guvohlariga tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, voqea sodir bo'lgan vaqtda masdidda odamlar ko'p bo'lgan. Hodisa haqida hech qanday rasmiy tasdiq yo'q. Mumkin bo'lgan qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan, deb xabar berdi tass.ru.