Vanuatuda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 14 kishi halok bo'ldi

    Okeaniyadagi Vanuatu orol davlati qirg'oqlarida sodir bo'lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida 14 kishi halok bo'ldi, 200 ga yaqin kishi jarohatlandi.

    “Vanuatu hukumati 14 kishining o'limini tasdiqladi, 200 nafar jabrlanganlar Port-Vila shifoxonasiga yetkazildi”, dedi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi Tinch okeani mintaqasi delegatsiyasi rahbari Keti Grinvud.

    Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda zilzila oqibatida bir necha binolar qulagani aks etgan kadrlarni joylashtirdi. Bundan tashqari, yirik toshlar tog' yonbag'irlaridan o'tgan yo'l bo'ylab harakatlangan avtomobillar ustiga qulab tushdi, deb xabar beradi rambler.ru.