Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.X. 2018-yilda ishlab chiqarish sexi qurish uchun sotish huquqisiz ajratilgan yer maydonining 50 sotixini fuqaro N.N.ga firibgarlik yoʻli bilan 75 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.