Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Ichki ishlar vazirligi gospitaliga;

“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonidagi 814 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Mudofaa vazirligining markaziy xarbiy klinik gospitaliga;

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Nazarbek” sogʻlomlashtirish maskanida tashkil qilingan 350 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik davolash joyi Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy xarbiy gospitaliga;

“Oʻzbekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 100 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil qilingan 250 oʻrinli vaqtinchalik kasalxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona Toshkent shahar hokimligiga biriktirildi.

Vaqtinchalik shifoxonalar, shuningdek, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidimiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik davri uchun Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanadi.

Toʻlovlar zaruratga qarab, kunbay tarzda toʻlanishi ham mumkin.