баннер
3 Mar 2025
22:53

    Vashingtonda harbiy vertolyot va yo'lovchi samolyoti to'qnashib ketdi, qurbonlar bor

    American Airlines samolyoti AQSh quruqlikdagi kuchlarining Sikorsky H-60 Black Hawk vertolyoti bilan to'qnashib ketganidan keyin halokatga uchradi.

    Potomak daryosidan bir necha kishining jasadi olib chiqildi va to'rt kishi qutqarib olindi.

    Bu haqda The Washington Post gazetasi qidiruv-qutqaruv ishlarining borishi bilan tanish odamlarga tayanib xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, samolyot bortida 64 kishi, jumladan to'rt nafar ekipaj a'zosi, yana uch nafar harbiy vertolyotda bo'lgan.

    American Airlines Bombardier CRJ700 samolyoti Vashingtondagi Reygan milliy aeroporti yaqinida Sikorsky H-60 Black Hawk harbiy vertolyoti bilan to'qnashib, Potomak daryosiga qulab tushdi.

    Bu haqda AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi ma'lum qildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa Sharqiy qirg'oq vaqti bilan taxminan 21:00 da sodir bo'lgan, samolyot Kanzas shtatining Uichito shahridan 5342-reys bilan uchayotgan edi.

    Aeroport matbuot xizmati aeroportda uchish va qo'nish taqiqlangani haqida xabar berdi. Favqulodda xizmatlar samolyot qulagan Potomak daryosida qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshladi.

    Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp voqea haqida xabardor qilingan, deb xabar beradi report.az.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech