Shu yilning 9-yanvar kuni Yoshlar ishlari agentligida tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tanlov taqdirlash marosimida keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
Tanlovda yuz nafardan ortiq OAV vakillarining jurnalistik materiallari − teleradio, bosma nashrlar va internet jurnalistikasi, shuningdek, yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari boʻyicha jami 8 nafar ijodkor gʻolibi deb topildi.
Tanlovda “yuz.uz” sayti muxbiri Jonibek Alijonov saytda eʼlon qilingan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi turkum materiallari uchun internet jurnalistikasi yoʻnalishi boʻyicha taqdirlandi.