An'anaga muvofiq, mazkur tanlov Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi tomonidan Yozuvchilar, Jurnalistlar, Badiiy ijod, “Hunarmandlar” uyushmalari hududiy bo'linmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Madaniyat vazirliklarining viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlovda ilm-fan, san'at, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi talaba-yoshlar rag'batlantirildi.

Tanlovning saralash bosqichlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida joriy yil 12-15 dekabr kunlari “Milliy maqom va milliy estrada”, “Tasviriy va amaliy san'at”, “Adabiyot va publitsistika” yo'nalishlarida o'tkazildi.

E'tiborlisi, bu galgi ko'rikda ishtirok etish uchun 600 nafarga yaqin nomzod ariza topshirgan bo'lib, 59 nafar ishtirokchi viloyat bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilarning ijodiy ishlari, asarlari hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqilib, baholandi. Xususan, 10 nafar g'olibga diplom va qimmatbaho sovg'alar, 7 nafar rag'batlantiruvchi nominatsiya g'olibiga sertifikat va kitoblar to'plami hamda 42 nafar faol ishtirokchiga esa sertifikatlar topshirildi.