Qabul davomida turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga huquqiy maslahat va amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Shu bilan birga, insonparvarlik aksiyasi doirasida 18 nafar vatandoshimizga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Antaliya–Toshkent yoʻnalishidagi charter reysi uchun aviachiptalar Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilindi va ular yurtga qaytarildi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkil etilgan holda ishga joylashtirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Mersin viloyatida faoliyat yuritayotgan “Asya Fel Group” kompaniyasi masʼullari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar chogʻida kompaniya direktori Eren Oʻzturk Turkiyaning Nigʻde viloyatida barpo etilayotgan yangi ishlab chiqarish fabrikasida ishchi kuchi talab yuqori ekanini maʼlum qildi va ushbu mehnat resurslariga Oʻzbekiston fuqarolarini jalb etishga tayyorligini bildirdi.
Maʼlumot oʻrnida:
“Asya Fel Group” kompaniyasi 2010-yilda issiqxona materiallari ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda u Navoiy viloyatida 147 gektar maydonda zamonaviy issiqxona qurilishini ham amalga oshirgan.









