“Vatanim mening Faxrim”

    Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulug'vor ishga o'zini bag'ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va e'zoz bilan qadrlanib, har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan o'tkaziladi.

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyat bo'lim boshqaruvi hamda bir qator hamkor tashkilotlar xodimlari ushbu bayramni ko'tarinki ruhda nishonlayotgan Surxondaryo viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni xarbiy texnik mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazida bo'lib, Vatan himoyasiga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar bilan “Vatanim mening Faxrim” mavzusiga bag'ishlangan uchrashuvlar o'tkazdi.

    Tadbirda so'z olganlar bu tizimda yoshlar nafaqat zarur harbiy tayyorgarlikdan o'tishi, balki jismoniy va ma'naviy jihatdan chiniqishi, o'zlarining fuqarolik mas'uliyati, Vatan himoyachisi sifatidagi muqaddas yigitlik burchini chuqur anglab, o'z yurtiga fidoyi inson bo'lib etishishini ta'kidlashdi.

    Tadbirda o'quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik sovg'alar topshirildi.

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi

    Surxondaryo viloyat bo'lim boshqaruvi