“Vatanparvar” tashkilotining bir guruh xodimlari sharaflandi

    Harbiy 18 Yanvar 2022 3626

    Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, Prezident farmoniga muvofiq, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi quyidagi xodimlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar:

    1. Batirov Xusan Arzudinovich – Tashkilot Markaziy kengashi raisi;

    2. Mulabayev Nurmuhammad Xikmatovich –Tashkilot Markaziy kengashi raisining oʻrinbosari;

    3. Abdusamatov Alisher Baxadirovich –Tashkilot Markaziy kengashi raisining oʻrinbosari;

    4. Maxmudov Xasanboy Kadirjanovich –Tashkilot Markaziy kengashi raisining oʻrinbosari;

    5. Isakov Maxsud Shamsidinovich – Tashkilot Markaziy kengashi boshqarma boshligʻi;

    6. Mustakimov Davron Abduvaliyevich – Tashkilot Markaziy kengashi boshqarma boshligʻi;

    7. Mirzayev Maxmud Xamidovich – Fargʻona viloyati kengashi raisi;

    8. Qodirov Sardorbek Maxammadjonovich – Andijon viloyati kengashi raisi;

    9. Xudoyberdiyev Oʻtkir Raxmonovich – Jizzax viloyati kengashi raisi;

    10. Ismoilov Shuxrat Normoʻminovich – Navoiy viloyati kengashi raisi;

    11. Elamanov Otamurod Gulmurodovich – Qashqadaryo viloyati kengashi raisi;

    12. Botirov Sobir Abrorovich – Qashqadaryo viloyati kengashi raisi oʻrinbosari;

    13. Yusupov Zufarjon Yusupovich – Surxondaryo viloyati kengashi raisi;

    14. Otaqoʻziyev Nurbek Nabiqoʻziyevich – Toshkent viloyati kengashi raisi.

    15. Rahimov Bekzod Mirsaidovich – Samarqand viloyati kengashi raisi.

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Xusan Batirov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan ham taqdirlandi.

    Albatta, davlatimiz va Hukumat rahbariyati tomonidan koʻrsatilayotgan bunday yuksak eʼtibor va ragʻbat “Vatanparvar” tashkiloti xodimlarini yanada fidoyi va vatanparvar boʻlishga hamda tashkilot va mamlakat ravnaqi yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishga undaydi.

    Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi

    “Vatanparvar” tashkiloti matbuot kotibi Laziz Boʻronov