Ushbu tadbirda Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov soʻzga chiqib, joriy yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar, xususan, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda jamiyatga tadbiq etilgan madaniy loyihalar haqida atroflicha toʻxtaldi.
Shuningdek, kelgusida hamkorlikda bajarilishi lozim boʻlgan qator loyihalarning har ikki soha taraqqiyotidagi oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Endilikda, mazkur memorandumga muvofiq Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi xodimlari Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va shu kabi manzillarda oʻz ijodiy malakalarini oshirishadi.
“Madaniyat. uz” telegramm kanalining taʼkidlashicha, ikki tomonlama kelishuvga asosan imzolangan, ushbu memorandum doirasida amalga oshiriladigan hamkorliklar nafaqat maʼlum soha rivojiga, balki mamlakatimiz istiqboli uchun ham xizmat qilib, koʻplab yoshlar hayotida yangi sahifalar ochilishiga zamin yaratadi.