Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda respublikamizning turli hududlaridan kelgan madaniyat muassasalari va to'garaklar rahbarlari sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O'z navbatida, madaniyat vaziri sohada hali o'z echimini kutayotgan bir qator masalalar mavjudligi, ularni hal qilish uchun xodimlar zamonaviy bilimlarga ega bo'lishi lozimligini alohida ta'kidladi.

Muloqot so'ngida soha mutaxassislari tomonidan bir qator takliflar ham ilgari surildi. Ularni tez orada amaliyotga joriy qilish bo'yicha kelishib olindi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.