Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2023/2024-oʻquv yili uchun “Sport faoliyati: taekvondo WT” boʻyicha ijodiy imtihonlar oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston milliy universiteti sport kompleksida boʻlib, jarayonlarni koʻzdan kechirdi.
Ijodiy imtihonlarni topshirishga shay boʻlib turgan abituriyentlar bilan suhbatda boʻlgan vazir, bilimli va haqiqiy isteʼdod egasi bugun, albatta bor imkoniyatlarini koʻrsatadi, — deya ularga omad tiladi.
Soʻng qabul boʻyicha masʼullarga ijodiy imtihon jarayonlarini shaffof oʻtkazish, ota-onalar uchun qulay va salqin kutish joylarini tashkil qilish, imtihon komissiyasiga abituriyentlarning qobiliyatini adolatli baholash hamda natijalarni tezkor eʼlon qilib borish va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.