Yig'ilishda vazirlikka biriktirilgan mahallalarda istiqomat qilayotgan aholining turmush farovonligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va boshqa istiqbolli rejalarni hamkorlikda belgilab olish bo'yicha takliflar ilgari surildi.
Xususan, Ibrohim Abduraxmonov innovatsiyalar har bir mahallada bo'lishi lozimligi, jamiyatda iqtidorli yoshlar va ilm-fan bilan shug'ullanadigan bolalar ko'paysa ma'naviyatli insonlar ko'payishini, aynan ilmli va iqtidorlilar innovatsiyalarni yaratishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Vazir birinchi navbatda mahallalardan iqtidorli yoshlarni topish va ularni vazirlik huzurida faoliyat ko'rsatayotgan Yoshlar akademiyasiga jalb qilish, mahallada istiqomat qilayotgan yosh va malakali mutaxassislarni xorijiy davlatlarga stajirovkalarga yuborish bo'yicha takliflarini berdi.
Shu bilan birga, ishsiz yoshlarni ishga kirishiga ko'maklashish, ayollar muammolarini aniqlash va bartaraf etish, aholi bandligi hamda yoshlarni bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazishlarini ta'minlash bo'yicha vazirlik tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilishi ma'lum qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan O'zLiDep Xalq deputatlar Kengashi Yakkasaroy tuman deputati Li Igor` Gennad`evich vazirlikning grantlarga, yoshlar akselerator markazlari va startap loyihalarga jalb qilish bo'yicha amalga oshirayotgan ishlarini qo'llab quvatlashini hamda mahallalarda aholi turmush farovonligini oshirishda hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuvdan so'ng Innovatsion rivojlanish vazirligi mazkur mahallalar hududida joylashgan muammoli joylarni borib ko'rdi. U erda echilishi lozim bo'lgan masalalar yaqindan o'rganildi. Mavjud muammolarni hal qilishning amaliy echimlarini topish bo'yicha choralar ko'rilishiga kelishildi.
Innovasion rivojlanish vaziri, akademik I. Abdurahmonov mazkur mahallada joylashgan maktablarda o'quvchilarga “vazir soati” o'tishni rejalashtirganini aytdi. Mahallalar miqyosida amalga oshiriladigan madaniy, mar'rifiy, ijtimoiy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus shtab “Rakat” mahalla fuqarolar yig'ini binosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.