Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o'zi rektorlik qilayotgan Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san'ati institutining vokal san'ati ta'lim yo'nalishi talabalari bilan mahorat darsini o'tkazdi. “Sahnaviy munosabat” mavzusidagi mahorat darsida O.Nazarbekov talabalarga nazariy bilimlar berish bilan  birga o'zining  uzoq yillik tajribasini o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, bunday taklif Vazirlik xodimlarining oliy ta'lim muassasasi yoshlari bilan mahorat darslarini o'tkazish Madaniyat vaziri tashabbusi bilan ilgari surilgan edi.