Yaponiya raqamlashtirish vaziri Taro Kono mamlakatda yagona davlat guvohnomasi sanalgan plastik kartalar joriy etilishi muddati kechikkani sababli o'zini aybdor his etib, uch oylik maoshini qaytarishga va'da berdi.
“Kunchiqar yurt” raqamlashtirish vazirining yillik maoshi — 29,4 mln iena atrofida (taxminan $203 ming).
Yaponiyada yagona raqamli guvohnoma loyihasi 2016-yilda boshlangan. Ushbu hujjat davlat tibbiyot sug'urtasi va haydovchilik guvohnomasi bilan birlashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning kechikishi va shaxsiy ma'lumotlarning chiqib ketgani odamlarning noroziligiga sabab bo'lgandi.