Tabiiyki, bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga koʻpgina yoshlar ish masalasida murojaat qilishdi. Maʼlumotlarga koʻra, Qashqadaryo viloyatida bugungi kunda boʻsh ish oʻrinlari soni 11 mingdan ortiq. Ularning koʻp qismi taʼlim, tibbiyot sohalari hamda xususiy korxona va tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Biroq, temiryoʻl va neft-gaz sohalarida ish oʻrinlari muammo. Aynan ushbu yoʻnalishlarda ish soʻrab murojaat qilgan yoshlarning masalalari masʼullar koʻmagida oʻrganib chiqiladigan boʻldi.

Yakunda 63 nafar yoshlarga subsidiya, kasbga oʻqitish, ishga joylashtirish hamda issiqxona uchun sertifikatlar berildi.