Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi

    Mamlakatimizda 23 Fevral 2023 5147

    Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi yangidan tasdiqlanganligi hamda boshqa ishga oʻtishlari munosabati bilan quyidagilar lavozimidan ozod qilindi.

    Nodir Ulugovich Kasimov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimining mudiri lavozimidan;

    Azamat Abilkasimovich Oteuliyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyatining Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri lavozimidan;

    Doniyor Saitkulovich Ermatov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi mudiri lavozimidan ozod qilindi.