Vazirlar Mahkamasi tarkibida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi

    Prezidentimiz “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

    Mazkur hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilyapti.


    Belgilanishicha, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi munosabati bilan qo‘shimcha ajratilayotgan shtat birliklari O‘zbekiston Prezidenti administrasiyasining 5 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan kiritiladi.

    O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son farmoniga o‘zgartirish kiritiladi.

    Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.