Vazirlar Mahkamasida kotibiyat mudiri tayinlandi

    Mamlakatimizda 22 Sentabr 2020 2147

    Hukumatning tegishli qarori bilan, Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

    U bunga qadar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

    Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasidagi kotibiyatning avvalgi mudiri G'olibsher Ziyaev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasining boshlig'i etib tayinlandi.