O'zbekiston Rsepublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2024 yil 5 martdagi farmonlariga muvofiq bir guruh xotin-qizlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Vazirlar Mahkamasida mazkur hujjatga asosan Davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan xotin-qizlarning bir qismiga mukofotlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Davlatimizning yuksak mukofotlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning topshiriqlariga asosan ular nomidan Bosh vazir tomonidan o'z egalariga topshirildi.