Nazirjon Tohirjonovich Nazirov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatining Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va issiqlik taʼminotini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi etib tayinlandi va boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Akbar Ishpoʻlatovich Niyozov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Azimbek Oybekovich Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasining Byudjet tashkilotlari, byudjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini oʻrganish, tarmoqlarda va hududlarda mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi etib tayinlandi.