Nizom Prezidentning 10.06.2021-yildagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks oʻrganishni tashkil etish;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasida Oʻzbekiston qonunlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish hamda nazorat qilish;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • qurol-aslaha, harbiy (maxsus) texnika va harbiy-texnik mulk bilan jihozlash kompleks dasturlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini yana-da takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va boshqalar.

Shuningdek, Nizom boʻlimning tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 8.07.2021-yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.