Misol uchun, oʻtgan yili virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan.

Murojaatlar hal boʻlmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar koʻpaygan. Ijtimoiy tarmoqlardagi eng koʻp murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklar, taʼlim, ekologiya sohalariga toʻgʻri keladi. Mingga yaqin murojaatlarda Prezidentning shaxsiy qabuli soʻralgan.

«Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar koʻpayganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?

Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardi va umidi turganini unutmasligimiz kerak!» — dedi Prezident.