Bugun togʻli hududlarning baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin

    Mamlakatimizda 25 Yanvar 2023 12656

    25-yanvar kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq, baʼzi joylarda 5° sovuqgacha boʻladi.

    Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq boʻladi.

    Togʻli hududlarning baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq boʻladi.