Tojixon aya ayni vaqtda insult kasalligiga chalinganligi hamda boquvchisi yoʼqligi sababli “Аyollar daftari”ga roʼyxatga olingan. U hozirga qadar bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazilgan boʼlib, tibbiy order orqali muntazam davolanib kelmoqda. Mahalla xodimlari va homiylar tomonidan doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab kelinadi.
Tashrif davomida unga nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Ishchi guruh navbatdagi manzil sifatida tumandagi “Qoʼrgʼoncha” mahallasida yashovchi, turmushidan ajrashgan, “Аyollar daftari”ga kiritilgan Eʼzozaxon Qoʼchqorova bilan uchrashdi. Uning imtiyozli kredit asosida oʼz tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi borligi aniqlanib, unga 25 mln 500 ming soʼm imtiyozli kredit olishga koʼmaklashildi.
E.Qoʼchqorova ayni vaqtga qadar oʼz xonadonida 10 nafar ish oʼrniga ega tikuv sexi tashkil etgan boʼlib, bu yerda bolalar trikotaj buyumlari, ayollar kiyimlari, zamonaviy pardalar tikish yoʼlga qoʼyilgan.
Vazirning birinchi oʼrinbosari tashrif davomida tumanning “Qiyali” mahallasi hududida ogʼir ijtimoiy vaziyatdagi, farzandini toʼliqsiz oilada tarbiyalayotgan, boquvchisini yoʼqotgan 6 nafar uy-joyga muhtoj ayollar uchun barpo etilgan va barcha qulayliklarga ega uy-joylarni koʼzdan kechirdi va bu manzilda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.
Xususan, tumandagi “Аvesto” mahallasida yashovchi Sh.Xaitova, “Istiqlol” mahallasida yashovchi N.Sobirova, “Toʼda” mahallasida yashovchi Z. Odilova, “Omonariq” mahallasida yashovchi S. Sattarova, “Shoʼr” mahallasida yashovchi G.Vaxobova hamda M. Polvonovalarning xonadonlarida yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida “Аyollar daftari”ga kiritilgan koʼplab xotin-qizlarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.