Vebinarda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi mutasaddilari,  xorijda istiqomat qilayotgan yoshlar hamda OАV vaillari qatnashdi.

Assotsiatsiya raisi oʼrinbosarining takidlashicha 2021-yil 24-oktabrda boʼlib oʼtadigan Prezident saylovini xorijdagi oʼzbekistonlik yoshlar oʼrtasida ham keng targʼib qilish, yoshlarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Malayziya, Belorussiya, Qizgʼiziston va Janubiy Koreya davlatlarida Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining vakil va koordinatorlari tomonidan "Yosh saylovchi – 2021" aktsiyasi oʼtkazildi. Targʼibot aktsiyasi xorijiy davlatlarda “Kelajaging_uchun_ovoz_ber”, “Saylov:_Imkoniyat_va_maʼsuliyat”, “Men_saylash_huquqiga_egaman” xeshteglari ostida tashkil etildi. Yoshlar ishtirokida oʼtkazilgan ijtimoiy targʼibot loyihalari orqali 57 ming nafarga yaqin xorijdagi Oʼzbekiston yoshlarini qamrab olishga yerishildi.

Xorijiy mamlakatlarda vatandoshlarimizga gavjum shaharlarda 14-oktabrdan sayyor saylovlar tashkil etildi.

Maʼlumot oʼrnida: Assotsiatsiyaning vazifasi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan oʼzbekistonlik yoshlarning muammolari va intilishlarini tahlil etish, xorijiy davlatlarda yashayotgan, taʼlim olayotgan yoshlar toʼgʼrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish va ular bilan aloqa oʼrnatishdan iborat.