Unda joriy hamkorlikning dolzarb masalalari va yaqin kelajakda munosabatlarni kengaytirish rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar ilgari kelishilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning joriy holati va uni jadallashtirish boʻyicha navbatdagi qadamlar xususida fikr yuritdilar.
Shuningdek, Oʻzbekistonda energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, togʻ-kon sanoati va farmatsevtika sohalarida yangi istiqbolli sanoat kooperatsiyasi loyihalarini oʻrganish orqali investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Korporatsiya rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Loyiha ofisi” faoliyati doirasida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha shakllangan yangi loyihalarni moliyalashtirish masalalarida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish hamda Rossiya investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini jalb etish uchun ulkan salohiyatga ega boʻlgan eng istiqbolli sohalarda yangi takliflarni ishlab chiqish yuzasidan birgalikda ish olib borishni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.