Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Vebster universitetida yaqin istiqbolda axborot texnologiyalariga oid bir qator taʼlim yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingani aytib oʻtildi.

Shuningdek, bu borada AKT vazirligi bilan bevosita hamkorlik qilish, oʻzaro sheriklikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, uchrashuvda taʼlim yoʻnalishlarida axborot texnologiyalari oʻrnini yanada mustahkamlash hamda talabalarga amaliyot oʻtash imkoniyatlari ham muhokama etildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.